Temirbeton konstruksiyalar · KJ
Plan va razrezni yuklang — tayyor konstruktiv chizmalarni oling
Uyingizning arxitektura chizmalari asosida fundament, kolonna, rigel, plita va zinapoyaning ishchi chizmalari hamda materiallar spetsifikatsiyasi. Har list amaldagi me'yorlar bo'yicha tekshiriladi.
Qanday ishlaydi
To'rt qadam
01
Chizmani yuklang
Plan, razrez va fasad — DWG, DXF yoki PDF. Grunt ma'lumoti bo'lsa, uni ham.
02
Narx va muddat
Bir ish kuni ichida aniq narx va topshirish sanasini yuboramiz.
03
To'lov va chek
Karta orqali to'lab, chekni kabinetga yuklaysiz — tasdiqlangach ish boshlanadi.
04
Yuklab oling
Tayyor listlar kabinetingizda: DWG, PDF va spetsifikatsiya.
To'plam tarkibi
Qurilishga yetadigan hamma narsa
Har list amaldagi me'yor bo'yicha: armatura, nahlest, himoya qatlami, ankerovka — hisoblangan.
- Fundament plitasi — opalubka va armaturaКЖ-1…
- Podval devorlari — razvertkalarКЖ-2
- Kolonnalar va vipusklarК-1, Вп-1
- Rigellar va plitalarРм, Пм
- Monolit zinapoya — uzellar bilanЛ-1
- Devor serdechniklari, peregorodkalarСм, Ст
- Materiallar spetsifikatsiyasi va po'lat vedomostiXLS · PDF
Hozircha — konstruktiv qism (KЖ). Tez orada: ARKMОВ / ВК
Namunalar
Haqiqiy listlardan parchalar



Narxlar
Oddiy va oldindan ma'lum
Xizmatlar kreditda hisoblanadi: chizmangizni ko'rib, bino maydoni (m²) va turiga qarab narxini oldindan aytamiz. Alohida element (kolonnalar, rigellar, plita, zina) — 100 000 so'mdan. 9 balli hududda +20%. Paket qancha katta bo'lsa, kredit shuncha arzon. Kredit muddati — 1 oy. Yangi mijozga 20 kredit sovg'a — bitta element (kolonnalar, rigellar yoki plita) yoki 400 m² gacha kichik uy. Har tarifda: PDF + DWG, me'yor (ШНҚ/ҚМҚ) bo'yicha, bizning xato bepul tuzatiladi, qoldiq kredit keyingi paketga qo'shiladi.
Start
300 000 so'm / 60 kredit
- Xususiy uy 1 200 m² gacha — to'liq KЖ (masalan 20×20, 3 qavat)
- yoki 3 ta alohida element: kolonnalar + rigellar + plita
- yoki fundament plitasi + kolonnalar
- 1 kredit = 5 000 so'm
Pro
900 000 so'm / 200 kredit
- 3 ta uy 20×20×3 (jami ~4 000 m²)
- yoki ko'p qavatli bino ~1 250 m² (masalan 4 qavat × 300 m²)
- yoki 10 ta alohida element
- 1 kredit = 4 500 so'm
Loyihachi
2 400 000 so'm / 600 kredit
- ~10 ta uy (jami ~12 000 m²)
- yoki ko'p qavatli bino ~3 750 m² (masalan 9 qavat × 400 m²)
- yoki ~30 ta alohida element
- 1 kredit = 4 000 so'm
Korporativ
Kelishiladi
- 2000 kredit dan
- Katta ko'p qavatli obyektlar, bir nechta obyekt parallel
- Shartnoma, hisob-faktura, ustuvor navbat
Me'yor va javobgarlik
Me'yor — birinchi o'rinda
Beton va temirbeton konstruksiyalar
Seysmik hududlarda qurilish
KJ chizmalarini rasmiylashtirish
Har to'plam me'yor bo'yicha tekshirilib topshiriladi
Savollar
Ko'p so'raladigan savollar
Qaysi fayllarni yuklasam bo'ladi?
DWG, DXF yoki PDF: plan, razrez, fasad. LIRA hisoboti bo'lsa, Word yoki PDF da. Grunt xulosasi bo'lsa, uni ham qo'shing.
Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
KЖ to'plam uzog'i bilan 3 ish kunida.
Kredit nima?
Xizmatlarimiz kreditda hisoblanadi: 1 kredit = 5 000 so'm (paketga qarab arzonroq). Buyurtmangiz narxini oldindan kreditda aytamiz, ish shu kreditdan yechiladi.
Kredit qancha muddat amal qiladi?
Sotib olingan kundan 1 oy. Muddati tugashidan oldin botda eslatma keladi.
To'lov qanday?
Tarifni tanlab, kredit sotib olasiz. Balans @ustamuzbot va kabinetda ko'rinadi.
Qanday ishlar qilasiz?
Temirbeton konstruksiyalar (KЖ): fundament, podval devorlari, kolonna, rigel, plita, zinapoya, serdechniklar. LIRA hisobotidan armatura tanlab chizamiz. Metall konstruksiyalar (KM) va boshqa yo'nalishlar tez orada qo'shiladi.
Keyin o'zgartirish kiritsa bo'ladimi?
Xato bizdan bo'lsa, tuzatish bepul. To'g'ri yechimlardan boshqasini tanlasangiz (masalan, shayba o'rniga bukish), har buyurtmaga 7 kun ichida 1 ta o'zgartirish bepul. Keyingi o'zgartirishlar yoki loyihaning o'zi o'zgarsa — kreditda hisoblanadi.
Chizmalar kim tomonidan tekshiriladi?
Har list amaldagi me'yorlar (ШНҚ 2.03.01-24, ҚМҚ 2.01.03-19) bo'yicha avtomatik tekshiriladi. Ekspertizadan o'tkazish va qurilishdagi javobgarlik buyurtmachi zimmasida.
Grunt ma'lumoti kerakmi?
Bo'lsa, aniqroq bo'ladi. Bo'lmasa, hudud bo'yicha qabul qilingan qiymat olinadi va chizmada ko'rsatiladi.
Fayllarim xavfsizmi?
Fayllar faqat sizning loyihangiz uchun ishlatiladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Chizmangizni bugun yuboring — ertaga narx va muddatni bilasiz
Telegram-bot: @ustamuzbot · kanal: @ustam_uz
Buyurtma berish